LG 32LM63 Owner's Manual page 38

Hide thumbs Also See for 32LM63:
Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

•  Hamma vaqt ekranga tegib turishdan saqlaning, chunki
bu ekran buzlilishiga olib kelishi mumkin.
•  Tayanchni TVga mahkamlashda ekranni tirnalishlardan
himoya qilish uchun ekranni yumshoq stol yoki tekis
yuzaga qaratgan holda qo'ying.
Stol ustiga o'rnatish
1 Televizorni ko'taring va uni vertikal holatga keltirgan holda stol
ustiga qo'ying.
•  Yetarlicha havo aylanib turishi uchun devor bilan televizor orasida
(eng kamida) 10 sm masofa qoldiring.
(Rusumga qarab)
2 Quvvat manbai shnurini rozetkaga ulang.
•  Mahsulotni yig'ish paytida burama mix qismlariga begona
moddalarni (moylar, moylash materiallari, va hokazolar)
qo'llamang. (Bunday qilish mahsulotga shikast yetkazishi
mumkin.)
•  Agar siz televizorni tayanchga o'rnatmoqchi bo'lsangiz,
mahsulotning ag'darilib ketishining oldini olish bo'yicha
choralar ko'rishingiz kerak bo'ladi. Aks holda, televizor
tushib ketishi, bu esa shaxsiy zarar xavfiga olib kelishi
mumkin.
•  Xavfsizlik va mahsulotning xizmat ko'rsatish davomiyligini
kafolatlash uchun ruxsatnomaga ega bo'lmagan
buyumlardan foydalanmang.
•  Ruxsat berilmagan buyumlardan foydalanish orqali
yetkazilgan har qanday zarar yoki shikastlanishlar ishlab
chiqaruvchi kafolati orqali qoplanmaydi.
•  Burama mixlarning to'g'ri kiritilganligi va mahkam
qotirilganligiga ishonch hosil qiling. (Agar ular yetarli
darajada mahkam qotirilmagan bo'lsa, TV o'rnatilgandan
keyin oldinga qulab ketishi mumkin.) Ortiqcha ko'p
kuch ishlatmang yoki burama mixlarni ortiqcha qotirib
yubormang; aks holda burama mix shikastlanishi va to'g'ri
qotirilmasligi mumkin.
6
10 sm
TVni devorga mahkamlash
(Rusumga qarab)
1 Teshikli boltlar yoki devorga mahkamlanadigan tayanch va boltlarni
televizorning orqa paneliga kiriting va tortib mahkamlang.
•  Agar teshikli boltlar o'rnida boltlar o'rnatilgan bo'lsa, ularni olib
tashlang.
2 Tayanchlarni boltlar yordamida devorga o'rnating.
Tayanch va televizor orqa panelidagi teshikli boltlarning joylashuv
o'rinlarini moslashtiring.
3 Teshikli boltlar va tayanchlarni mustahkam bog'lagich bilan ulang.
Bog'lagich tekis sirtda gorizontal holatda bo'lishiga ishonch hosil
qiling.
•  Televizor mahkam turishi uchun yetarli darajada mustahkam va
katta platforma yoki shkafdan foydalaning.
•  Tayanch moslamalar, boltlar va bog'lagichlar mahsulot bilan
birga yetkazib berilmaydi. Qo'shimcha qurilmalar uchun mahalliy
dileringizga murojaat qiling.

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

43lm6343lm6532lm5643lm5632lm5743lm57

Table of Contents