LG 32LM63 Owner's Manual page 39

Hide thumbs Also See for 32LM63:
Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

Devorga montajlash
Devorga o'rnatiladigan tayanchni televizorning orqa tarafiga ehtiyotlik
bilan mahkamlang va uni mustahkam devorga polga perpendikulyar
holda o'rnating. Televizorni boshqa qurilish mollariga biriktirishda
malakali xodimga murojaat qiling. LG devorga o'rnatishni malakali
mutaxassis tomonidan amalga oshirilishini tavsiya qiladi. Biz LGning
devorga o'rnatish kronshteynidan foydalanishni tavsiya qilamiz.
LG-ning devorga o'rnatish kronshteynini ulangan kabellar bilan joyini
o'zgartirish osondir. Iltimos, LGning devorga o'rnatish kronshteynidan
foydalanilmagan holatlarda, tashqi qurilmalarga ulanish uchun
yetarlicha joy bilan ta'minlangan va devorga mahkam qotirilgan devor
kronshteynidan foydalaning. Qotirilgan devorga o'rnatish kronshteynini
o'rnatishdan oldin barcha kabellarni ulash tavsiya qilinadi.
10 sm
(Rusumga qarab)
•  Televizorni devorga o'rnatishdan avval tayanchni
mahkamlash harakatlarini teskari tartibda bajargan holda
tayanchi televizordan ajratib oling.
•  Vint va devorga montajlash konstruksiyasi haqida batafsil
ma'lumot olish uchun Alohida xaridga qarang.
•  Agar siz mahsulotni devorga o'rnatmoqchi bo'lsangiz,
VESA (Videoelekronikani Standartlashtirish Uyushmasi)
standartiga mos keladigan o'rnatish interfeysini (ixtiyoriy
qismlarni) mahsulotning orqa tarafiga mahkamlang.
Televizorni devorga mahkamlanadigan tayanchdan
(ixtiyoriy qismlardan) foydalangan holda o'rnatishda
uning tushib ketmasligi uchun tayanchni mustahkam
qotiring.
•  TVni devorga montajlash vaqtida elektr va signal
kabellarini TVning orqasidan osilib turadigan qilib
osmang.
•  Agar ushbu mahsulot moy yoki moyli tuman ta'siriga
uchrashi mumkin bo'lsa, uni devorga o'rnatmang. Bu
mahsulotni buzishi va uning tushib ketishiga sabab
bo'lishi mumkin.
•  Devorga o'rnatish kronshteynini o'rnatish vaqtida tasmadan
foydalangan holda chang va hasharotlar oqimini oldini olish uchun
tayanch teshigini himoya qilish tavsiya qilinadi. (Rusumga qarab)
Tayanch teshigi
7

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

43lm6343lm6532lm5643lm5632lm5743lm57

Table of Contents