Download Print this page

Jihozdan Foydalanish - Philips AVENT SCF883 Manual

Hide thumbs Also See for AVENT SCF883:

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 1

Jihozdan foydalanish

Diqqat
• Har doim tayyorlangan ozuqa go'dagingiz uchun xavfsiz ekanligini bilish uchun
kaftingizning orqa tomoni bilan uni tekshiring.
Bu jihoz yangi, qattiq masalliqlarni bug'lash va ularni o'z tanlovingizga ko'ra quyuq-suyuq
qilib aralashtirishga mo'ljallangan. Bir qancha mazali va to'yimli retseptlar uchun berilgan
retsept bukletiga qarang. Jihozni faqat bug'lash yoki aralashtirish uchun ishlatish mumkin.
Faqat aralashtirish uchun "Bug'lamasdan aralashtirish" bobiga qarang.
Bu jihoz maxsus ishlangan saqlash qozonlarida saqlangan pishirilgan taomni muzdan
eritish yoki qayta isitish uchun ishlatilishi mumkin. Aralashtirilgan taomlarni muzdan eritish
yoki qayta isitish uchun har doim bunday saqlash qozonlaridan foydalaning. Saqlash
qozonchasisiz muzdan eritish yoki qayta isitish idish qopqog'idagi elakdan ozuqaning
to'kilishiga sabab bo'ladi.
Hech qachon aralashtirilgan ozuqa solingan idishni asosiy blokdagi bug'lash o'rniga
qo'ymang.
Hech qachon bir xil xom mahsulotlar to'plamini 30 daqiqadan uzoq yoki bir martadan
ko'proq bug'lamang.
Bu jihoz quyidagi maqsadlar uchun MO'LJALLANMAGAN.
-
Muzlatilgan xom masalliqlarni bug'lash
-
Saqlash qozonchasisiz avval aralashtirilgan ozuqani bug'lash
-
Bitta masalliqni 30 daqiqadan ko'p bug'lash
-
Guruch va makaron pishirish
-
Birinchi aralashtirish, keyin bug'lash
-
Sho'rva, qaylalar va suv kabi suyuqliklarni isitish yoki qayta isitish
-
Ozuqani bir necha soat davomida issiq saqlash
-
Muz bo'laklari va shakar bo'laklari kabi qattiq masalliqlar yoki pishloq kabi yopishqoq
masalliqlarni maydalash
- O'zbek 336 -

Advertisement

loading

This manual is also suitable for:

Avent scf885